.

Add Your Heading \

tadbirkorlar diqqatiga!

"Yurib qolar" degan umid bilan reklama qilish - biznesni asta sekin o‘ldiradi

Agar reklama strategiyangiz “umid”ga emas — aniq hisob kitob, to‘g‘ri segment va natija beradigan mexanizmlar ustiga qurilgan bo‘lsa, mijoz oqimi barqaror, har bir mijoz narxi past va reklama budjetingizni isrofi yo‘qoladi.

483K Followers

Alisher Isaevning Sales Doctor Academy va Milliard Club kompaniyalarida CMO bo'lib ishlaganman. (CMO - Marketing bo'lib boshlig'i)

Alisher ISaev

Sales Doctor & Milliard Club Asoschisi

527K Followers

Target orqali ularni webinarlari uchun 45 000+ obunachi olib kirib berganman va bu orqali ular $60 000+ soruvlar qilishga erishishgan

Azizaxon Tashxodjaeva

Azizaxonim kompaniyasi asoschisi

229K Followers

Maxsus taeget tizimi orqalu ularni vaqtini tejagan holda avvalgi natijasizdan yaxshi natija qilib berganmiz

Alisher Avazov

Avazov kompaniyasi asoschisi

123K Followers

Target orqali sotuvlarini deyarli 2x oshirishga yordam berganmiz

Ikhtiyar Dosmetov

Restart kompaniyasi asoschisi

16.6K Followers

Led Gen varonkada ishlab max sifatli va arzon leadlar olib kelishga yordam berganmiz.

Azizjon Gapparov

BNG & 605Agancy kompaniyalari asoschisi

Sana Yangilanishi

Hurmatli biznes egasi,

Agar siz target reklamasi orqali o'z mijozlaringizni dayson changyutgichi kabi tez va oson jalb qilishni istasangiz…

Bu xabar siz o‘qigan eng hayajonli xabarlardan biri bo‘ladi.

Oxirgi bir necha yil ichida jamoamiz bilan Facebook reklamasiga $200 000 dollardan ortiq pul sarfladik.

$200 000 reklamaga sarflab, mijozlarimizga jami
$1 500 000 dan ortiq sotuvlar olib keldik.

Hammasi facebook reklamasi orqali.

Va shuncha pul sarflab, turli yo'nalishdagi bizneslarga daromadini oshirishga yordam berib…

Inson bir narsan aniq tushunar ekan:

Facebook reklamasida aniq nima ishlashini va nima ishlamasligini

Bu nazariya emas, amalda ishlab kelayotgan aniq strategiya

Bu faqat gapirib, o‘zi hech qachon reklama qilmagan soxta ekspertlarning nazariyasi emas

Yo‘q.

Men sizga bekorchi gaplardan xoli, daromad olib kelgan reklamalarning haqiqiy jang maydonida sinovdan o‘tgan strategiyasi haqida gapiryapman.

Bu reklamalarni foydali qilish nima ekanini biladigan jamoaning natijasi.

Qarang, biz reklamaga sarflanadigan pullarni qanday tasavvur qilamiz.

Bilasizmi? —"askarlar" deb.

Biz ularni har kuni urushga yuboramiz — ularning vazifasi esa bitta:

Asir olib qaytish.

Shunda ular ko‘payib qaytadi.

Agar siz hech bo‘lmasa bir marta reklama bergan bo‘lsangiz…

Bu gap sizga tanish.

Reklamangiz yaxshi ishlayapti, budjetni oshirasiz barchasi buziladi

Reklamaga tikkan pulingizni qaytib kelayotganda tubsiz jarlikka qulaydi…

Lid va xarid narxlari esa raketadek osmonga uchadi.

Pul “askarlaringiz” lagerga kamroq qaytadi — hamyoningiz esa rahm so‘raydi.

Shunda siz o‘tirib, sochingizni yulasiz…

Yoki atrofingizdagi barcha narsani yerga uloqtirasiz

Byudjetni qisqartirasiz — chunki urushga borgan askarlaringizni oz qismi asir ololyapti qolgani esa halok bo'layapti.

Shunday qilib...

Siz o‘sish maqsadingizdan butkul voz kechib, o'zingizni “bu endi normal” holat deb ishontirishni boshlaysiz.

O‘zingiz orzu qilgan natija o‘rniga, “hozircha bozor holati shunday” deb maqsadingizdan voz kechasiz.

Bu o'y xayollar sizni asta sekin o‘rtamiyona biznes egasiga aylantiradi.

Ammo sizga yaxshi xabarim bor…

Biz sizga Facebook reklamalaridan foydalangan holda, imkon qadar ko‘proq mijozlarni topishning eng tez, eng oson va eng ishonchli yo‘lini ko‘rsatamiz.

Shunda siz o‘sish bo‘yicha eng katta orzularingizga yetasiz, hatto undan ham oshishingiz mumkin.

Buning uchun siz quyidagi ko'k rangli tugma ustiga bosish orqali BEPUL strategik sessiyaga yozilishingiz kerak.

DALILLAR!

Bu kabi voqealar ko‘zimizni yoshga to‘ldiradi.

To'xtang, yetar endi…

Keling, sizni reklamalaringiz haqida gaplashamiz.

Aniqrog‘i…

Reklamalaringizni haqiqiy foyda keltiradigan tizimga aylantirishingiz uchun

Siz pastdagi tugma orqali 30 daqiqalik BEPUL strategik sessiyaga yozilishingiz kerak...

Bu shunday joyki, hatto Facebook Asoschisi Mark Zukerbergning o‘zi ham kelib ko‘rishni xohlaydi

Biz sizga shunday “sovg‘alar” olib kelamizki, ular biznesingizga kislorod beradi:
  • Reklamada arzonroq CPM (CPM — bu "Cost Per Mille" degani, ya’ni 1 000 marta ko‘rsatilgan reklama uchun qancha pul to‘layotganingiz. )

  • Arzonroq CPC (CPC — bu Cost Per Click, ya’ni reklamangizni bitta odam bosishi uchun qancha pul to‘layotganingiz.)

  • Arzonroq CAC (CAC — bu Customer Acquisition Cost, ya’ni bitta yangi mijozni topish va sotuvga aylantirish uchun sarflayotgan umumiy xarajatingiz.)

  • Va osmonga uchadigan ROI (ROI — bu Return On Investment, ya’ni sarf qilgan pulingizdan qancha foyda qaytayotganini o‘lchaydigan ko‘rsatkich.)

  • Bu orzu emas.

    Bu real.

    Yaqinroq keling va quloq soling.

    Sizga u joyga qanday yetib borishni aytaman.

    Aniqroq qilib aytsam…

    Reklama budjetingizni oshirsangiz ham natijalaringiz o'z holicha saqlab qolish formulasini ochib beraman.

    Shunda siz faqatgina xarajat qilmasdan, ko‘nglingizdagi narsalarni bemalol olasiz…

    Ha, biz sizga Facebook reklamasi orqali eng tez, eng oddiy va eng ishonchli yo‘l bilan imkon qadar ko‘proq mijoz topish formulasini beramiz.

    Boshqalar reklama qilsa — shunchaki natijani kutadi.

    Lekin biz esa aniq ko'rsatkichlar orqali natijani o'zimiz tonga tortib olamiz.

    Endi, belbog‘ingizni mahkamlang.

    Chunki, bundan keyin sizning reklamangiz — pul ishlab beradigan mashinaga aylanadi.

    Boshladik…

    Birinchi Qadam

    Facebook reklamalariga kelganda, hamma buni butunlay noto‘g‘ri tushunadi!

    Ular avvalo kreativga e’tibor berishadi.

    Keyin boshlashadi…

    “Buni yanada yorqin qilishimiz kerak!” – deb.

    Lekin shu yerda ular reklama dunyosidagi eng katta xatolardan birini qilishadi…

    Reklamalarini reklama ko‘rinishida qilishadi!!!

    Meni diqqat bilan tinglang…

    Reklamangizni reklama ko‘rinishida qilmang.

    Buning o‘rniga, odamlar Instagram va Facebook’da allaqachon iste’mol qilayotgan oddiy kontent ko‘rinishida qiling.

    Aks holda, siz ham boshqa minglab reklamalarga o‘xshab, mijozingizning ko‘ziga “yana bir reklama” sifatida ko‘rinasiz va shovqin orasida yo‘qolib ketasiz.

    Biz buni “pikselni qitiqlash” deb ataymiz.

    Ya’ni siz algoritmga reklamangiz odamlar uchun yoqimli, tabiiy va qiziqarli ekanini ko‘rsatasiz.

    Shunda Facebook algoritmi sizni mukofotlaydi:

  • Yangiliklar lentasida yaxshi joylashuv,
  • Pastroq CPM (ming ko‘rish narxi)
  • Arzonroq va sifatliroq trafik
  • Yaxshiroq xaridorlar…

  • Va oxirida yuqori ROI (sarmoya qaytimi).

    Xo‘sh bu bizni 2-bosqichga olib kelishidan oldin...

    Yuqoridagi fikrlarni isbotini ko'rishingiz mumkin

    Ikkinchi qadam

    Gap targetga kelganda, Facebook algoritmi juda aqlli

    Juda aqlli.

    O‘zi topadi.

    (Ishoning, ular topishadi.)

    Lekin odamlarning aksariyati algaritmni “bo‘g‘ib” qo‘yadi.

    Hammasini haddan tashqari mukammal qilishga urinib, mayda-chuyda talablar bilan cheklab qo‘yishadi.

    “Yoshi albatta 25–35 bo‘lishi kerak.

    Oilali bo‘lsin, ikki farzandi bor.

    Cobalt yoki Malibu haydasin.

    Toshkentning Yunusobodida yashasin.

    Latte ichishni va Sevara Nazarxon qo‘shiqlarini yoqtirsin.”

    Jiddiy aytyapman — bo‘sh qo‘ying.

    Algoritm xaridorlar qayerda yashiringanini sizdan yaxshiroq biladi…

    Va ular siz uchun ularni topadi.

    Ishoning menga.

    (Men buni sizga bunchalik arzonga, yo‘q bepul o‘rgatmasligim kerak edi. Emoji)

    Lekin to‘xtang, do‘stim.

    Men hali tugatmadim.

    Bizga ishongan brandlar

    Uchinchi qadam

    Bu — jumboqning yetishmayotgan bo‘lagi…

    Bu sirli "ziravor"

    Buning barchasi siz reklamalaringizda ishlatiladigan matinlarga (copywriting'ga) taqaladi.

    To‘g‘ri eshitdingiz.

    Gap matnda.

    Agar so‘zlarni to‘g‘ri tanlasangiz — barchasi arzonlashadi.

    Odatda bir necha barobarga arzonlashadi.

    CPM keskin pastlaydi.

    Klik narxi tushadi.

    Lidlar arzonlashadi.

    Natijada…

    Bitta mijozni jalb qilish xarajati ham kamayadi.

    Tushunganingizdek juda katta farq bilan.

    Bu esa sizni pul askarlaringizni lagerga ko'proq asirlar bilan qaytishini ta'minlaydi.

    Endi matinlarga (copywrting'ga) kelsak.

    Juda oddiy va sodda qiling

    Qisqa jumlalardan foydalaning.

    Har bir jumlada faqat bitta fikr bo‘lsin — shunda odam darrov tushunadi.

    O‘ylashga majbur qiladigan murakkab so‘zlardan qoching.

    Qancha uzun yozish kerak degan savolga kelsak?

    Eng yaxshi natija — uzun matn orqali bo'ladi.

    Lekin faqat u qiziqarli bo‘lsa.

    Faqat uzun bo‘lishi uchun cho‘zib yozmang — bu ishlamaydi.

    E’tiborni boshqalardan farq qilishga qarating.

    Noodatiy bo‘ling.

    Va imkon qadar DRAMATIK yozing!

    Chunki sizning reklamangiz…

    Issiq somsa yeb og'zi kuyib qolgan Taysinning videolar bilan raqobat qilishi kerak.

    Va bu raqobatda yutib chiqishingiz uchun hoziroq 30 daqiqalik strategik sessiyaga yozilishingiz kerak...

    Facebook’da reklama berish narxi deyarli ikki barobar oshdi!

    Trafik narxi tobora oshib boradi. Shunday sharoitda muvaffaqiyatga erishadigan bizneslar — bu aynan kirayotgan trafikdan eng ko‘p foyda olishni biladiganlar bo‘ladi.

    Source: enhencer.com

    Trafik narxi kun sayin oshib boryapti.

    Va bu jarayon to‘xtamaydi.

    Ko'p bizneslar esa buni ko‘rib turib ham hech narsa qilmayapti…

    Natijada daromadi pasayadi, mijozlaridan ayriladi va bozorda o‘z o‘rnini boy beradi.

    Lekin shunday bizneslar ham borki, ular kirgan har bir tashrif buyuruvchini pul ishlab beradigan mashinaga aylantirishni biladi.

    Va eng yaxshi tomoni — buni siz ham qilishingiz mumkin.

    Bunda biz sizga yordam beramiz va shu maqsadda sizni biznesingizni 30 daqiqada boshdan oyoq tahlil qilib

    Emoji Qayerda pul yo‘qotayotganingizni ko‘rsatamiz


    Emoji Har bir tashrifchidan maksimal foyda olish yo‘lini ochib beramiz


    Emoji Raqobatchilaringizdan oldinga chiqish uchun aniq qadamlar rejasini tuzamiz


    Agar siz ham kirayotgan trafikdan ko‘proq foyda olishni, reklama xarajatlaringizni samarali ishlatishni va bozor ulushingizni kengaytirishni istasangiz...

    Quyidagi tugmani bosing va keyingi sahifada ochiladigan anketani to'ldiring!

    Siz bilan tez orada ko'rishamiz.Emoji

    Trafik narxi kun sayin oshib boryapti.

    Va bu jarayon to‘xtamaydi.

    Ko'p bizneslar esa buni ko‘rib turib ham hech narsa qilmayapti…

    Natijada daromadi pasayadi, mijozlaridan ayriladi va bozorda o‘z o‘rnini boy beradi.

    Lekin shunday bizneslar ham borki, ular kirgan har bir tashrif buyuruvchini pul ishlab beradigan mashinaga aylantirishni biladi.

    Va eng yaxshi tomoni — buni siz ham qilishingiz mumkin.

    Bunda biz sizga yordam beramiz va shu maqsadda sizni biznesingizni 30 daqiqada boshdan oyoq tahlil qilib

    Emoji Qayerda pul yo‘qotayotganingizni ko‘rsatamiz


    Emoji Har bir tashrifchidan maksimal foyda olish yo‘lini ochib beramiz


    Emoji Raqobatchilaringizdan oldinga chiqish uchun aniq qadamlar rejasini tuzamiz


    Agar siz ham kirayotgan trafikdan ko‘proq foyda olishni, reklama xarajatlaringizni samarali ishlatishni va bozor ulushingizni kengaytirishni istasangiz...

    Quyidagi tugmani bosing va keyingi sahifada ochiladigan anketani to'ldiring!

    Siz bilan tez orada ko'rishamiz.Emoji

    Odamlar dolchin changini tortib, begona odamlarni shapaloqlab yurgani

    Tashqarida juda yovvoyi dunyo bor. 

    Hozir hamma joyda e’tibor uchun jang ketmoqda. 

    Agar siz boshqalardan ajralib turmasangiz — sizni hech kim payqamaydi. 

    To'g'ri siz atriborni o'zingizga tortganingizdan so'ng sizga "Negativ" fikirlar bo'ladi Lekin bilasiz-ku, natija uchun nimadurdan voz kechishingiz kerak.

    (Odamlar nima deydi degan fikirdan voz kechishingiz nazarda tutulgan).

    Lekin ko‘pchilik tushunmaydigan bitta haqiqat bor… 

    Agar siz sotuv psixalogiyasini to‘g‘ri tushunmasangiz — xabarlaringizni ham to'g'ri tanlay olmaysiz

    Agar siz ushbu qadamlarni bajarsangiz, sotuvlaringiz oshishi aniq.

    Lekin men sizga buni aytishimdan oldin,

    Meni biznesim boshqacha bu menga to'g'ri kelmaydi degan fikirni olib tashlamoqchiman.

    Eslab qoling — biz buni $600 000 dan ortiq turli soha va yo‘nalishlarda facebook reklamasiga pul sariflaganmiz.

    Va mijozlarimizga $1 347 000 dollarlik sotuv olib kelganmiz. 

    Bu strategiyalar istalgan mahsulot yoki xizmat uchun ishlaydi. 

    Istalgan narx diapazonida.  Istalgan sohada. 

    Endi esa sizni oxirgi bosqichga olib kelaman. 

    Bepul Xisobot

    Facebook reklamasi yordamida trafik, lidlar va sotuvingizni portlatadigan 12 xato qilmaydigan qadam

    12 Ways To Find Facebook Gold

    Bu hisobot 100% BEPUL

    U sizga 30 kun ichida yoki undan kam vaqtda “yashirin” auditoriyalar va “super-aktiv xaridorlarni” ochib beradigan 12 ta maxfiy Facebook targetlash usulini fosh qiladi.

    Biz buni topish uchun reklamalarga millionlab dollar sarflaganmiz. Siz esa buni mutlaqo bepul olasiz.

    Mana, ichida ochib beriladigan narsalarning bir qismi:
  • Facebook’da mutlaqo begonalarni daromadli mijozlarga aylantiradigan aniq, qadam-baqadam jarayon (Bu — biznesingizni tezda xaridorlarga to‘ldiradigan eng arzon va eng samarali yo‘l!)

  • Maxfiy Facebook targetlash usullari, ular sizga “yashirin” auditoriyalar va “super-aktiv xaridorlarni” 30 kun ichida ochib beradi (Agentliklarning 100 tasidan bittasi ham buni bilmaydi)

  • Facebook reklamalaridan foydalanib, pul sarflashga tayyor bo‘lgan katta yangi “och qolgan” auditoriyalarni topish yo‘li (Bu strategiya siz uchun daromad keltiradigan tayyor “hosil” bog‘ini ochib beradi)

  • Ikki deyarli hech kim bilmaydigan sir (biri targetlash, biri matn yozish haqida) — har qanday budjetda reklama kampaniyangizdan maksimal foyda olish uchun (Bu sirlar Facebook reklamalarining to‘liq kuchini ochish uchun juda muhim)

  • Biz topgan eng buyuk Facebook reklama sirlarimiz va ular biznesingiz uchun yangi bozorlarni qanday ochib berishi (Bular — boshqa agentliklar va “guru”lar siz bilishingizni istamaydigan ichki maxfiylar)

  • Va bundan ham ko‘prog‘i…

    Qisqasi… bu hisobot sizniki — mutlaqo bepul. Quyidagi maydonga ma’lumotlaringizni kiriting va “Hisobotni yubor” tugmasini bosing.

    Shunda bu sotuvni portlatadigan tavsiyalar sizning elektron pochtangizga PDF ko‘rinishida bevosita keladi.

    Agar siz yetarlicha ko‘rgan bo‘lsangiz…

    Va hech ikkilanmasdan — hammasini bilmoqchi bo‘lsangiz…

    Shoshiling! uchun BEPUL joylar oz qoldi!

    Bizga ishongan brandlar

    Nihoyat kengayishdagi muammolaringizni hal qilib, sotuvingizni ishonib bo‘lmaydigan darajada portlatish yo‘li!

    Manba

    Biz endigina eshiklarimizni qayta ochdik va yangi mijozlarni qabul qilishni boshladik.

    Agar siz hozir shu xabarni o‘qiyotgan bo‘lsangiz — demak, ehtimol bizda hali bir-ikki bo‘sh joy qolgan.

    Avgust oyi davomida biz biznes egalari uchun BEPUL 30 daqiqalik strategiya qo‘ng‘irog‘i taklif qilamiz.

    Ushbu qo‘ng‘iroqda biz sizga Facebook reklamalaridan foydalanib, sotuvingizni ishonib bo‘lmaydigan darajada portlatish uchun nima qilish kerakligini aniq ko‘rsatamiz.

    Lekin, shu yerda to‘xtaymiz.

    Bu oddiy “strategiya qo‘ng‘irog‘i” (yo‘tal sotuv nutqi) emas…

    Va reklama nima ekanini bilmaydigan bir “bilag‘on” bilan suhbat ham emas.

    Yo‘q.

    Bu — boshingizni qotiradigan, zo‘rlik bilan biror narsani sotishga urinadigan uchrashuv ham emas.

    Xullas, qo‘ng‘iroqda nimalar bo‘lishini bu yerdan batafsil ko‘rishingiz mumkin.

    Lekin, joylar Avgustga qadar deyarli tugab bormoqda.

    Shuning uchun darhol bu yerga o‘ting…

    Shoshiling! uchun BEPUL joylar oz qoldi!

    P.S. Gap shunday…

    Biz Facebook reklamalariga $200 000 ortiq sarflaganmiz.

    Bu yo‘lda natija olib kelishi mumkin bo‘lgan har bir tugmani bosdik, har bir taktikani, “hacker” usullarini, taklif strategiyalarini sinab ko‘rdik.

    Jiddiy gapiryapman.

    Agar dunyoning narigi chekkasida ham Facebook reklama strategiyasi haqida mish-mish bo‘lsa — biz uni topdik va sinovdan o‘tkazdik.

    Agar biror joyda o‘zini “super media buyer” deb ataydigan odam bo‘lsa — biz uni topdik.

    Agar biror sirli reklama strategiyasi haqida shivir bo‘lsa ham — biz uni sinadik.

    Bizning jamoamizning tajribasi chuqur.

    Bu — media buying va copywriting bo‘yicha haqiqiy “yirtqichlar” jamoasi.

    Va biz maydonga chiqqan bo‘lsak — faqat g‘alaba uchun o‘ynaymiz.

    Endi siz so‘rayotgandirsiz: “Nega buni bepul qilyapsiz?”

    Sababi oddiy: Biz siz uchun tuzadigan rejadan shunchalik hayratda qolasizki, balki shu rejani amalda ham biz bajarib berishimizni xohlab qolasiz.

    Agar xohlamasangiz ham — muammo emas, hech qanday xafa bo‘lish yo‘q.

    Baribir qo‘lingizda soatiga $467 turadigan strategiya qoladi.

    Ushbu qo‘ng‘iroqda siz biznesingizni rekord tezlikda o‘stirish uchun ishlab chiqilgan maxfiy tizimimizning shaxsiylashtirilgan, to‘liq rejasini olasiz.

    Yaqinda gaplashamiz.

    Ko'p Beriladigan Savollar

    Agar siz daromadingizni oshirmoqchi va investitsiyangizdan maksimal foyda olmoqchi bo‘lsangiz, unda Rainmaker agentligi sizga inqilobiy Facebook reklama strategiyalari bilan yordam berishga tayyor.

    Facebook — biznesingizni targ‘ib qilish uchun eng samarali platformalardan biridir.

    Rainmaker aynan siz xohlagan ideal mijozlarga yetib boruvchi va foydali o‘sishni ta’minlovchi reklama yaratishga ixtisoslashgan.

    Facebook reklamalari bozori juda raqobatli bo‘lishi mumkin.

    Biroq boshqa kompaniyalardan farqli o‘laroq, biz nafaqat sizning brendingizni ko‘rsatadigan, balki sodiq, umrboqiy mijozlar olib keladigan reklama yaratishga e’tibor qaratamiz.

    Amaliyotda, bizning strategiyalarimiz yuzlab mijozlarimizga foydani ikki, hatto uch barobar oshirishga yordam bergan — aynan Facebook kampaniyalaridan tushgan leadlar hisobiga.

    Facebook reklamasi — bu shubhasiz kelajak yo‘li.

    U yangi mijozlarga chiqish va eski mijozlarni ushlab qolish bo‘yicha hozirgi kunda eng kuchli vositadir.

    Agar siz ijtimoiy tarmoqlarda kuchli ishtirokchi bo‘lishni istasangiz, Rainmaker sizga bu yo‘lda yo‘lchi yulduz bo‘la oladi.

    Rainmaker — yetakchi Facebook reklama agentligi bo‘lib, yuzlab brendlarga ijtimoiy tarmoqlardagi qamrovini kengaytirish va foydani oshirishga yordam bergan.

    Bugungi kunda, Facebook reklamalari har qanday biznes uchun — siz e-commerce bilan shug‘ullanasizmi, B2B yoki B2C — nihoyatda muhim vositaga aylangan.

    Bu nafaqat brendingizni qurish, balki mijozlar ishonchini qozonish va ular ongida mavjud bo‘lish uchun ajoyib platformadir.

    Agar siz bizning Facebook marketing agentligimiz — Rainmaker bilan hamkorlikni boshlasangiz, biz yo‘l davomida o‘rganib chiqqan eng kuchli usul va sirlarimizni siz bilan bo‘lishamiz — shunda siz har bir reklama so‘mingizdan maksimal daromad olasiz.

    Suv haqiqatan ho‘lmi?

    Qarang, agar kimdir sizga “Facebook reklamasi ishlamaydi” desa — bu odam yo Facebook marketingini qanday yuritishni umuman bilmaydi, yoki ilgari sifatsiz agentlik yoki sust marketolog bilan ishlagan bo‘ladi.

    To‘g‘ri bajarilgan taqdirda, Facebook reklamasi — bu sayyoradagi eng kuchli mijoz topish va mijoz jalb qilish platformasiga aylanishi mumkin.

    Facebook — bu “sovuq trafik” manbai.

    Ya’ni, siz reklamalaringizni siz haqingizda ilgari eshitmagan milliardlab odamlarga ko‘rsata olasiz.

    Siri esa — Facebook Pixelda.

    Bu algoritm, shubhasiz, dunyodagi eng ilg‘or raqamli marketing tizimlaridan biridir.

    Pixel sun’iy intellekt yordamida foydalanuvchilarning xatti-harakatlarini kuzatadi — kimlar mahsulotingizni sotib olgan, e-kitoblaringizni yuklab olgan, funnelingizga kirgan bo‘lsa, ularning ma’lumotlarini yig‘adi.

    So‘ngra aynan shu kabi faol mijozlarga o‘xshagan boshqa xaridorlarni topib beradi.

    To‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga yo‘naltirilgan matnlar, e’tiborni tortuvchi kreatiflar, aniq metod asosidagi kampaniyalar va “yirtqichlarcha” optimallashtirish orqali Facebook raqamli marketing dunyosida yetakchilikni saqlab qolmoqda — va hanuzgacha Google bilan birga eng kuchli mijoz jalb qilish platformasi hisoblanadi.

    Biz bu masalaga shunday qaraymiz:

    Agar siz ichki xodim yollasangiz, bu — siz faqat bitta odamni, bitta ko‘nikmaga ega mutaxassisni ishga olayapsiz degani.

    U esa eng murakkab vazifalardan biri — Facebook marketingi bilan shug‘ullanishi kerak bo‘ladi.

    Ha, siz uni istagancha nazorat qilishingiz mumkin, lekin u ketsa — barchasini boshidan boshlashingizga to‘g‘ri keladi.

    Agar siz agentlik bilan ishlasangiz, siz butun bir mutaxassislar jamoasini yollaysiz — har biri yuzlab sohalarda ishlagan, turli ko‘nikmalarga ega va yillar davomida Facebook reklamalari bilan shug‘ullangan tajribali insonlardir.

    Rainmaker agentligida biz jarayonlarga asoslangan tizim bilan ishlaymiz, ya’ni — bizning metodlarimiz har qanday soha va har qanday biznesga moslab qo‘llanilishi mumkin.

    Strategiyalarimiz shunchalik yaxshi ishlaydiki, mijozlarimiz natijalarni ko‘rib, buni boshqalarga ham ko‘rsatgisi keladi.

    Bu savolga aniq javob yo‘q — xuddi “ip qancha uzun?” degan savolga o‘xshaydi.

    Chunki Facebook reklamasi narxi har bir biznes uchun har xil bo‘ladi. Siz to‘laydigan summa quyidagi omillarga bog‘liq:

    • Bozor hajmi
      Agar sizning auditoriyangiz 10 ming kishi bo‘lsa, reklama xarajati bitta bo‘ladi. Ammo agar 10 million kishilik auditoriyaga chiqmoqchi bo‘lsangiz — bu mutlaqo boshqa narx bo‘ladi.

    • Biznes maqsadlari
      Kuniga 10 ta lead (mijoz) topsangiz kifoya deyapsizmi yoki 50 ta lead kerakmi? Maqsad qancha katta bo‘lsa, reklama budjeti ham shunga yarasha bo‘ladi.

    • Raqobat darajasi
      Agar sizning bozor segmentingiz raqobatchilarga to‘la bo‘lsa, ya’ni ko‘pchilik sizga o‘xshash mahsulot yoki xizmat taklif qilayotgan bo‘lsa — reklama narxi yuqori bo‘ladi. Aksincha, raqobat kam bo‘lsa — reklama nisbatan arzon tushadi.


    Biz hech qachon har bir biznesga bir xil narx taklif qilmaymiz.
    Buning o‘rniga, biz har bir mijozning sohasini, auditoriyasini va maqsadlarini chuqur o‘rganib chiqib, individal va aniq strategiya asosida reklama byudjetini shakllantiramiz.

    Agar biror agentlik sizga “Facebook reklama narxi faloncha bo‘ladi” desa — bilingki, ular bu platformaning ichki ishini chuqur tushunmaydi.

    Facebook reklamasida muvaffaqiyat — moslashtirilgan strategiya, kuchli kreativ va aniq targeting orqali bo‘ladi.

    Facebook reklamasi yaxshi bo‘lishi uchun bir nechta muhim elementlar mavjud. Bularga quyidagilar kiradi:

    Direct Response Copywriting – O‘quvchini darhol harakatga undaydigan sotuvga yo‘naltirilgan matn yozish jarayoni.

    Creatives – Tomoshabinning e’tiborini jalb qiladigan, “thumb-stopping” ya’ni bosh barmoqni to‘xtatadigan ijodiy materiallar yaratish qobiliyati.

    Campaign Build – Facebook platformasida strategik voronka qurish jarayoni.

    Audience Targeting – Kuchli natijalarga olib keladigan bozor va auditoriyalarni aniqlash qobiliyati.

    Offer – O‘quvchiga boshqa yo‘l qoldirmasdan harakat qilishga majbur qiladigan tarzda qadriyat yaratish qobiliyati.

    Conversion Rate – Facebook orqali yaratilgan trafikdan qancha odam konversiyaga (harakatga) aylanganini ko‘rsatadigan foiz ko‘rsatkichi.

    Bundan tashqari, muhim elementlarga quyidagilar ham kiradi: reklama uyg‘unligi (ad congruence), sarlavhalar (headlines), kirish gaplari (lead-ins), mijoz fikrlari (testimonials), sharhlar (reviews), foydalanuvchilar yaratgan kontent (user-generated content) va boshqa ko‘plab jihatlar.

    Facebook marketing, to‘g‘ri yo‘l bilan qilinsa, aksariyat bizneslar uchun ishlaydi.

    Yuqorida aytib o‘tganimizdek, biz 147 ta turli yo‘nalishdagi bizneslar bilan ishlaganmiz, shuning uchun natijaga qanday erishishni yaxshi bilamiz (agar sizning biznesingiz Facebook siyosatiga zid bo‘lmasa, albatta).

    Eslatma: Facebook ba’zi sohalarga nisbatan qat’iy siyosat yuritadi. Ularni bu yerda topishingiz mumkin: https://www.facebook.com/policies/ads/